So'nggi yangiliklar

Davlat statistika qoʻmitasi UNICEF bilan hamkorlikda oʻtkazgan Multiindikator klaster kuzatuvlari natijalariga koʻra, uy xoʻjaliklarining 81 %ida 17 yoshgacha, 42 % ida 5 yoshgacha boʻlgan kamida bitta bola istiqomat qiladi.Multiindikator klaster kuzatuvlari natijalariga koʻra, 2-17 yoshdagi bolalarning 3% i koʻzoynak taqadi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 3,3 ming tonna limon eksport qilgan. Limon eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 362 tonnaga kamaygan.

AKT sektori xizmatlari umumiy hajmida eng katta hajmni telekommunikatsiya xizmatlari – 67,4 %, kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish xizmatlari va boshqa yordamchi xizmatlar – 18,7 %, shuningdek, maʼlumotlarga ishlov berish, joylashtirish bo‘yicha xizmatlar va o‘zaro bog‘liq xizmatlar, veb-portallar - 5,8 % ni egallaydi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida norasmiy sektorning ulushi 2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 1,1 % punktga ka‘mayib, 26,3 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2022- yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 35 920 ta, jami korxona va tashkilotlar ulushining 6,2 foizini (soni 581 046 ta) tashkil etdi va so’nggi yillarda ushbu  korxonalarning o‘sib borishi quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

Qashqadaryo viloyatida 2022- yil 1- oktabr holatiga doimiy aholi soni 3461,4 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 53,1 ming kishiga yoki 1,6 % ga ko‘paydi.

2022- yil 1- noyabr holatiga ko‘ra, savdo sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 11 996 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,9 % ga oshdi.

2022-yil yanvar-oktabr oylarida jami 4400,5 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda respublikadan chiqib ketgan.

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida 233 559 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, shundan 1900 ta nikoh xorijiy davlatlar fuqarolari bilan qayd etilgan. Oʻzbekiston fuqarolaridan 762 nafar erkaklar hamda 1138 nafar ayollar xorijiy davlatlar fuqarolari bilan nikohlangan.

2022- yilning 29- noyabr – 1- dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida BMTning Taʼlim, fan va madaniyat ishlari bo‘yicha tashkiloti – YUNESCO tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlarining 4-maqsadi bo‘yicha dalillarga asoslangan siyosatini ishlab chiqish, rejalashtirish va monitoring qilish uchun taʼlim maʼlumotlari va statistikasi salohiyatini kuchaytirish” mavzusida Markaziy Osiyo submintaqaviy seminar-trening o‘tkazilishi belgilangan.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida, respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan bo‘lib, ularning so’nggi besh yildagi dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

2022- yilning 21–25- noyabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ), Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston uchun mintaqaviy salohiyatni rivojlantirish markazi tomonidan “Davlat moliyasi statistikasi va davlat sektori qarzi statistikasi” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

2022- yil yanvar-oktabr oylarida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 1,6 % punktga kamayib, 46,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning oktabr oyida 608,7 ming nafar  chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan, ushbu koʻrsatkichni 2021-yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda (2021-yilda 219,0 ming nafar) 389,7 ming nafarga yoki 2,8 martaga oshganini kuzatish mumkin.

Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida xorijga qiymati 28,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 171,6 mingta televizor eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida moliya (29,6 %), aloqa va axborotlashtirish (24,1 %), yashash va ovqatlanish (15,3 %) xizmatlari hajmida yuqori o‘sish qayd etildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining nisbatan pastroq o‘sish shaxsiy xizmatlarda qayd etildi (7,1 %).