So'nggi yangiliklar

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.

Shahar va tumanlar kesimida nooziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarilishining viloyatda jami hajmidagi eng yuqori ulushi Qarshi shahriga to‘g‘ri kelib, 15,6 %, shuningdek, Chiroqchi tumani 9,1 % ni, Yakkabog' tumani 9,0 % ni, Koson tumani 8,4 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvarida limon narxlari 2022- yilning yanvariga nisbatan 26,3 % ga past boʻldi.

Soʻnggi 5 yilda sanoat sohasida jami 84 830 ta kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilib, bu esa oxirgi 5 yil davomida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning aynan 20,0 % i shu sohada tashkil etilayotganligini bildiradi.

2022- yilning yanvar - dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha, bino va inshootlar qurilishi ishlarining ulushi 68,4 % ni (o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 104,4 %), fuqarolik ob’ektlari qurilishi - 21,5 % (102,7 %) va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari - 10,1 % (138,2 %)ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida tijorat bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarz mablag‘lari hisobidan 21,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning jami investitsiyalardagi ulushi 7,8 % ni tashkil etdi.

2022-yilda jami 5 163,2 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan, shundan, 2 707,8 ming nafarini (jamiga nisbatan 52,4 %) erkaklar va 455,4 ming nafarini (jamiga nisbatan 47,6 %) ayollar tashkil etdi.

Mamlakatimizda 2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari jami soni 527 222 taga yetdi va so’nggi besh yilda ularning usish sur’ati quyidagicha aks etdi:

2023- yilning yanvarida mosh narxlari 2022-yilning dekabriga nisbatan 1,1 % ga arzonlashdi.

Soʻnggi 5 yilda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida jami 51 725 ta kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilib, bu esa oxirgi 5 yil davomida yangi yaratilgan kichik korxona va mikrofirmalarning aynan 12,2 % i shu sohada tashkil etilayotganligini anglatadi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 131,0 trln. so‘mni tashkil etib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalardagi ulushi 48,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilda Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni jami 5 232,8 ming nafarni tashkil etgan, shundan, 2 585,8 ming nafarini (jamiga nisbatan 49,4 %) erkaklar va 2 647,0 ming nafarini ayollar (jamiga nisbatan 50,6 %) tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi avtotransport vositalari soni 312 764 donani tashkil etib, shulardan 92,5 foizi (289 279 dona) Oʻzbekistonda, 7,5 foizi (23 485 dona) boshqa chet el mamlakatlarida ishab chiqarilgan.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 3,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 6,6 ming tonna kivi import qilgan.

2022-yilning yanvar - dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 7 994,9 ming tonna don ekinlari yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,7 % ni tashkil etdi.

Mamlakatimizda 2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 36 645 ta bo‘lib, jami subyektlar ulushining 7,0 foizini (soni 523 556 ta) tashkil etdi va so’nggi besh yilda ularning o‘sish dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

2018-2022- yillar davomida jami 424 073 ta kichik korxona va mikrofirma yangi tashkil etildi.

2023- yilning yanvarida sitrus mevalar narxlari 2022-yilning yanvariga nisbatan 11,2 % ga past boʻldi.