So'nggi yangiliklar

2022/2023- o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni jami 6 446,1 ming nafarni tashkil etdi.

2022- yilda 20 yoshgacha farzandli boʻlgan erkaklar soni 1 493 nafarni tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sugʻurta va nafaqa taʼminoti boʻyicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 87,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatining qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to‘g‘ri keldi va 40,1 % ni tashkil qildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramollar soni 13,9 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,3 %ga koʻpaydi.

Respublikamizda 2023- yilning yanvar oyida 5 936 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi. 

2022-yilning fevral oyidan dekabrgacha sement narxlarida oylik nisbatda 0,2 – 1,3 % atrofida oʻsish kuzatilgan boʻlsa, 2023-yilning dastlabki oyida uning narxlari 0,1 % ga pasaydi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining yashash va ovqatlanish sohasida xizmatlar hajmi 8231,7 mlrd. so‘mni tashkil qilib, aynan shu sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmidagi ulushi 72,7 %ga yetdi.

2022- yilda ilk farzandini dunyoga keltirgan onalar soni 280 432 kishini tashkil etgan.

2023-yilning yanvar oyida 423,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning shahar va tumanlar kesimida yuqori o‘sish sur’ati Nishon tumanida kuzatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 177,3 %, Shahrisabz shahrida 132,4 %, Koson tumanida 126,8 % va Chiroqchi tumanida 119,3 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimiz korxonalari tomonidan 22 814,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 110,5 % ni tashkil etdi.

Ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2023- yilning 1- fevral holatiga ko‘ra 5 951 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 385 taga yoki 30,3 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Joriy yilning 16- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

2023- yilning 1-fevral holatiga respublikamizda 15 481 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 088 taga oshgan bo‘lib, eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keldi:

2023- yilning 13–15- fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (IOM)ning O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi tomonidan “Markaziy Osiyoda mehnat migratsiyasi dasturi” bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda qoʻy va echkilar soni 23,6 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,8 %ga koʻpaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 920,1 ming dona qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 121,1 % ni tashkil etdi.