So'nggi yangiliklar

Joriy yilning fevral oyida unlarning narxida pasayish kuzatildi. Oy davomida ularning narxi respublika boʻyicha oʻrtacha 1,6 % ga, jumladan, oliy navli un 1,3 % ga, 1- navli un 1,7 % ga pasaydi.

2022-yilning yanvar - dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatining qishloq xoʻjaligi mahsuloti umumiy hajmi 32 227,2 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,7 % ni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabrida  kichik tadbirkorlikda сhakana savdo aylanmasi hajmi 253 573,4  milliard so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 108,4 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan respublika boʻyicha 32 953 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 921 tonna muzlatilgan uy parrandalari goʻshti ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 9,2 % ga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-mart holatiga jami 48 307 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi. Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha shakllandi:

Joriy yilning fevral oyida kuz-qish mavsumi kiyim va poyabzali narxlarida 0,1-1,3 % ga pasayish qayd etildi. Kuzatiladigan kiyim va poyabzal turlari narxlari darajasi respublika boʻyicha oʻrtacha 0,1 % ga pasaydi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda  kichik tadbirkorlik subyektlarining amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar)  importining jami importdagi ulushi 49,4 % ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar oyida O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha 4825,8 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning fevral oyida FHDYO organlari tomonidan respublika boʻyicha 14 921 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 989,3 tonna tozalangan guruch ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 martaga oshgan.

Piyoz narxi joriy yilning fevral oyida 9,8 % ga oshdi. Bir oy avval piyoz narxining oʻsish surʼati 44,7 % ga yetgan.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 25,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 435,4 tonna qoplar va paketlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,9 martaga oshgan.

2022/23-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 194 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida jami 45 927 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

2023- yilning yanvar oyida MDH mamlakatlariga 6899,0 ming AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 28,9 % ini tashkil etdi.

2023- yil 1- fevral holatida shahar tumanlar kesimida sanoat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni:

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 75,2 % ni tashkil etadi.