2023- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 639 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-mart oyida bu sohada 356 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:
Toshkent shahri – 77 ta
Samarqand viloyati – 35 ta
Farg‘ona viloyati – 30 ta
Qashqadaryo viloyati – 29 ta