Joriy yilning 14-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Statistika agentligi Markaziy apparati xodimlari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida Agentlikning Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Jomolov Muzaffar Mirzoxitovich investitsiyalar va qurilish statistikasi ishlarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari bo‘yicha so‘z yuritdi.
Shuningdek, tadbirda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.
Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Matbuot xizmati