Mamlakatimizda qurilish sanoati iqtisodiyotning ustuvor tarmog‘i sifatida belgilangan. Qurilish sanoatining yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki:
- binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 65,6 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 89,1 foizga oshgan;
- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 12,0 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 126,6 foizga oshgan;
- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 22,4 foiz ulushni va 80,7 foiz o‘sish sur’atini tashkil etdi.