2022- yilning yanvar-dekabr oylarida sogʻliqni saqlash sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 6 384,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 2021-yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 111,5 % ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida mazkur yoʻnalishda nisbatan yuqori koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Toshkent shahri (2 762,2 mlrd. soʻm), Toshkent (659,1 mlrd. soʻm), Fargʻona (470,4 mlrd. soʻm) hamda Samarqand (454,2 mlrd. soʻm) viloyatlarida qayd etilgan.