09/12/2022

Joriy yilning 9 –dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” shiori ostida seminar tashkil qilindi.

Mazkur tadbirga boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Bosh yuriskonsult hamda tarmoq bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.

 

Tadbirda Bosh yuriskonsult M. Sharipov so‘zga chiqib, bugungi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylanganligi, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishiga olib kelinishi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqarishi, jamiyat va davlat uchun oʻta xavfli boʻlgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib berishi haqida ma’ruza qildi.

Ma’lumki, korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib,  kelajkni xavf ostida qoldiradi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi korrupsion holatlar bugungi kunda yetuk mutaxassislar, jahon andozasi darajasidagi kadrlar tayyorlashni asosiy maqsad qilib olgan mamlakatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.

Seminar yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech