2022- yilning yanvar–oktabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 55,1 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 0,6 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning yanvar–oktabr oylariga nisbatan 105,7 % ni tashkil etgan holda 57 614,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.