Oʻzbekiston Respublikasida 2021- yil yakunlariga koʻra jami 769 dona quvvati 59 kVt dan koʻp boʻlgan traktorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, ushbu ishlab chiqarish boʻyicha soʻnggi 5 yil davomida eng yuqori koʻrsatkich 2018-yilda 1 655 donani tashkil etdi.
Xususan:
2017-yil 291 dona, oʻsish surʼati 74,8 %;
2018-yil 1 655 dona, oʻsish surʼati 5,7 m.;
2019-yil 1 034 dona, oʻsish surʼati 62,5 %;
2020-yil 511 dona, oʻsish surʼati 49,4 % ;
2021-yil 769 dona, oʻsish surʼati 150,5 %.
Shuningdek, 2022- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 30 dona quvvati 59 kVt dan koʻp boʻlgan traktorlar ishlab chiqarilgan.