25/08/2022

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 23–25-avgust kunlari Tailandning Bangkok shahrida boʻlib oʻtayotgan yuqori darajadagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) Statistika qoʻmitasining 8-sessiyada ishtirok etmoqda.

Mazkur anjumanda aʼzo davlatlarning statistika tizimini takomillashtirish borasidagi tajribasi, mintaqaviy innovatsion tashabbuslarni amalga oshirish, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning statistik jihatlari, tashkilotlar doirasidagi pozitsiyalarni muvofiqlashtirish, statistik tizimlar oʻrtasidagi interaktiv muloqotni kengaytirish va boshqa masalalar koʻrib chiqilmoqda.

eskato2508_1

Maʼlumot uchin: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) 1947-yil 28-martda tashkil topgan. Komissiyaning bosh qarorgohi Bangkokda joylashgan. ESKATO geografik qamrov va aholi soni boʻyicha BMTning beshta mintaqaviy komissiyasidan eng yirigi hisoblanadi. Komissiya 53 ta ovoz beruvchi mamlakatdan, jumladan, MDH davlatidan sakkizta (Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiz R., Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston) davlatlaridan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi 1992-yil 31-iyuldan boshlab mazkur komissiyaning faol aʼzosi hisoblanadi.

ESKATO Statistika qoʻmitasining 8-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovichning “Oʻzbekiston statistika tizimi” mavzusidagi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

eskato2508_2

Taqdimotda B. Begalov Oʻzbekistonda milliy statistika tizimini isloh etish, tizim faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, amaliyotga sifatni boshqarishning ilgor tizimlarini joriy etish, ochiqlik, shafoflik va statistika maʼlumotlari sifatini taʼminlash, shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish statistikasini yuritish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar va erishilgan natijalar yoritib berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi ESKATO Statistika Qoʻmita Ijro byurosi raisi oʻrinbosari lavozimiga saylandi. Bu oʻz navbatida, mamlakatimizning tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida imijini oshirishiga, ESKATO Statistika qoʻmitasi faoliyatida mamlakatimiz manfaatlarini ilgari surishga, shuningdek, ESKATO statistika instituti (UNISAP) bilan hamkorlikda Oʻzbekiston statistika tizimining kadrlar salohiyatini oshirish va statistik tadqiqotlar oʻtkazishga zamin yaratadi.

eskato2508_3eskato2508_4

Sessiya kun tartibidan Oʻzbekiston delegatsiyasining ESKATO Statistika qoʻmitasi va Statistika intituti  (UNISAP) rahbariyati, shuningdek, Malayziya, Hindiston hamda Koreya statistika idoralari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻrin olgan.

eskato2508_5eskato2508_6

Uchrashuvlar yakuni va oʻzaro erishilgan kelivushlar natijalariga koʻra, ularni amalga oshirish borasida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi.         

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech