2022- yilning 19-28-avgust kunlari Turkiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tadqiqotlar va taʼlim markazi (AREM) vakillarining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi boʻlib oʻtmoqda.
Tashrif doirasida joriy yilning 24-avgust kuni Davlat statistika qoʻmitasida Turkiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tadqiqotlar va taʼlim markazining (AREM) vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad - Oʻzbekistonda jamiyat boshqaruvi masalasini oʻrganib, olib borilgan izlanishlarni nashrdan chiqarishdir.
Uchrashuvda Davlat statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Zoxidjon Ziyayev boshchiligidagi markaziy apparat xodimlari ishtirok etishdi.
Maʼlumot uchun: AREM tomonidan oʻz paytida jamiyatni boshqarish boʻyicha, dastavval, Turkiya va uning qoʻshnilari, shuningdek, Mongoliya, Bolgariya va Afgʻoniston masalalarida olib borilgan tadqiqotlari Turk maʼmuriy tadqiqotlar fondi (TIAV) tomonidan nashr etilgan va dunyoning ilk 500 universitetlari orasidan, jumlasidan, Garvard va Prinston kataloglaridan oʻrin olgan.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va shu kabi uchrashuvlarni yana o‘tkazishga kelishib oldi.
Uchrashuv iliq va do’stona ruhda o’tdi.
Matbuot xizmati