Kichik korxona va mikrofirmalarning 2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kichik korxona va mikrofirmalarda band bo‘lganlar sonining ko‘payishiga ishonch bildirgan korxonalarning eng ko‘p ulushi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 26,2% ni, qurilishda – 24,1% ni, sanoatda – 24,0 % ni, savdoda – 23,5% ni, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 22,6% ni tashkil etdi.