26/07/2022

Joriy yilning 26- iyul kuni Qarshi shahar “Kunchiqar” mahalla fuqarolar yig‘inida shu hududda yashovchi aholi  hamda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3- yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi  O‘RQ-419-sonli Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 27- maydagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-sonli Farmoni hamda 2020- yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ-611-son qonunlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan manzilli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 

 

Targ‘ibot jarayonida Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Sh.Tayloqov hamda bosh yuriskonsulti M. Sharipovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3- yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi  O‘RQ-419-sonli Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 27- maydagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-sonli Farmoniga rioya qilinishi va qullanilishi hamda qayt etilgan normativ huquqiy hujjatlarning  mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib berildi, shuningdek 2020- yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ-611-son qonunning asosiy maqsadi aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi va qonunda ko‘rsatilgan  boshqa holatlar yuzasidan  tushunchalar berilganligi, aholini ro‘yxatga olish, aholini ro‘yxatga olish sanasi, respondentlar, ro‘yxatga olish varag‘i, ro‘yxatga olish hujjatlari, ro‘yxatga oluvchi xodimlar,  uy xo‘jaligi kabi atamalarga ham atroflicha tushunchalar berilganligi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish ishlarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining va idoralarning, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va OAVlari ham qatnashishlari lozimligi nazarda tutilganligi birma-bir  ko‘rsatib o‘tildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech