Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar yuqori ulushni egallaydi (45,3 %). Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 9,5 % ni tashkil etdi. Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 5,3 % ga yetdi.
2022- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibi, % da (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari):
Savdo – 45,3 %;
Boshqa turdagi xizmatlar – 33,8 %;
Yashash va ovqatlanish – 9,5 %;
Tashish va saqlash – 5,3 %;
Axborot va aloqa – 3,1 %;
Sog‘liqni saqlash – 3,0 %.
Matbuot xizmati