25/03/2022

2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

dem_240320221

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

dem_240320222

Mazkur grafik asosida tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etib kelinmoqda.

dem_240320223

2022- yilning 24- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalar xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

Tadbirda doimiy aholisi soni hisoblash usullari, demografik holatni baholash hamda ish haqi hisoblash metodikalari bo‘yicha qo’mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va salohiyatini o’rgandi.

dem_240320224

Shuningdek, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Yuldoshev Zoyir Toshkanovich demografiya va mehnat statistikasi ishlarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari yuzasidan o’z takliflarini berib o’tdi.

Tadbirda qo‘mita va hududiy boshqarma xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

 Matbuot xizmati 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech