2022- yilning 1- mart holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 31 815 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 31 620 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Qarshi shahri – 6 199 ta
Chiroqchi tumani – 2 610 ta
Koson tumani – 2 562 ta
Qarshi tumani – 2 317 ta
Kitob tumani – 2 304 ta
Qamashi tumani – 2 201 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 10 202 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 791 ta
sanoatda – 4 746 ta
qurilishda – 3 365 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 1 750 ta
Matbuot xizmati