30/08/2021

Mamlakatimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yoʻlida oʻtgan davrda amalga oshirilgan ulkan ishlar, erishilgan yuksak natijalarda, hech shubhasiz, hayotimizning turli soha va tarmoqlarida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning beqiyos hissasi bor.

Bunday olijanob insonlarning el-yurt oldidagi xizmatlarini eʼtirof etish va munosib taqdirlash vatandoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni yuksak marralar sari ruhlantirish, ular qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qoʻshayotgan, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna boʻlib kelayotgan, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash, yosh avlodni sogʻlom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik koʻrsatayotgan yurtdoshlarimiz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko’ra “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Jumladan, Davlat statistika qo‘mitasida ham sohada fidokorona mehnat qilayotganbir guruh xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni va “Mehnat faxriysi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

 Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech