30/06/2021

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-  sonli qarori ijrosi yuzasidan.  Joriy yilning 30- iyun kuni Kasbi tuman statistika bo‘limi xodimlari va soliq bo‘limi xodimlari bilan birgalikda davra suhbati tashkil qilindi.

Suhbat davomida, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi xolatini olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai ekanligi tushuntirildi.

Aholini ro‘yxatga olishda har bir fuqaroning ma’lumotlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, avvalo, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, bandligi, daromad manbalari kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘planadi.

Seminar yakunida savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

                                                                                                                                                    Matbuot xizmati 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech