29/06/2021

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan davlat statistika hisobotlarini topshirishda qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida veb-platforma shaklida “Estat 4.0” axborot tizimi joriy etildi.

Ayni paytda veb-platformadan foydalanuvchilar sonining keskin ko‘payganligi sababli “Estat 4.0” axborot tizimida ayrim nosoziliklar kuzatilishi mumkin.

Mazkur nosozliklar tez orada bartaraf etilishini ma’lum qilamiz va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun foydalanuvchilardan uzr so‘raymiz.

Murojaatlar uchun telefon: (71) 202-81-45.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech