28/06/2021

 

2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020 – 2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarordan kelib chiqib, joriy yilning 5- aprelidan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) boshlangan edi. Ushbu tadbir davomida mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig'ishdan iborat. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) ma'lumotlarini yig'ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi.

Shunga ko‘ra, 2021- yilning 28- iyun kuni kuzatuvchilarimiz Kitob tumanidagi “Sharq yulduzi” MFYda o‘z faoliyatlarini davom ettirishmoqda.

MICS kuzatuvi natijasida olingan maʼlumotlar aholining yashash sharoitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, 15 yoshdan 49 yoshgacha boʻlgan ayollar bilan oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalarini, 5 yoshgacha boʻlgan bolalar toʻgʻrisida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq maʼlumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi boʻyicha toʻplangan barcha maʼlumotlarni mamlakatlar miqyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

Kuzatuv jarayonida xodimlar jarayoni joylarga chiqilib respondetlar bilan shaxsan suhbatlashish orqali planshetlarda elektron koʻrinishda yigʻishmoqda.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech