25/06/2021

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarori yuzasidan joylarda davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Jumladan,   Joriy yilning  25- iyun kuni Yakkabog‘ tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan tuman Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash markazi xodimlari va tadbirkorlar ishtirokida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning ahamiyati to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar  berildi. Suhbat davomida barcha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

                                                                                       

 Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech