25/06/2021

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710- sonli qarori yuzasidan joylarda davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Jumladan,   Joriy yilning  25- iyun kuni G‘uzor tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan tuman “SUVOQOVA” MCHJ xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning ahamiyati to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  Suhbat davomida korxona faollariga aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar  berildi. Suhbat davomida barcha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech