Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 5 ta xorijiy davlatga qiymati 554,9 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,2 ming tonna guruch eksport qilgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p guruch yetkazib bergan davlatlar:
Tojikiston – 780,5 tonna;
Qirg‘iz Respublikasi – 197 tonna;
Qozog‘iston – 183,9 tonna;
Afg‘oniston – 24 tonna;
Litva – 20 tonna.




