14/05/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil aprel oyida stomatologik xizmatlar narxi oy davomida o‘rtacha 0,3 foizga qimmatlashgan. 2025-yil aprel oyiga nisbatan esa ushbu xizmatlar narxi 4,4 foizga oshgan.

Shuningdek, mazkur davrda diagnostik vizualizatsiya va tibbiy laboratoriyalar xizmatlari narxi oy davomida 0,6 foizga oshgan bo‘lsa, 2025-yil aprel oyiga nisbatan 7,7 foizga qimmatlashgan. Ko‘z uchun yordamchi mahsulotlar narxi esa oy davomida 0,6 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 foizga oshgani kuzatilgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech