24/06/2021

 

Joriy yilning 24- iyun kuni Shahrisabz shahar Kesh mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning ahamiyati to‘g‘risida shakllantirilgan xarita o‘rganish ishlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

 Statistika xodimlari hamda mahalla faollari o‘rtasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar  almashildi.

                                                                               

Matbuot xizmati 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech