21/06/2021

 

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida  bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biri boʻlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʻplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʻyicha  keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning 18- iyun kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” shiori ostida xodimlarda korrupsiyaga qarshi faol  kuchaytirishga qaratilgan targʻibot tadbiri tashkil qilindi. Mazkur tadbirga boshqarma boshlig‘i, o‘rinbosarlari hamda bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Bosh yuriskonsult M. Sharipov so‘zga chiqib, Bugungi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylanganligi, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishiga olib kelinishi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqarishi, jamiyat va davlat uchun oʻta xavfli boʻlgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib berishi haqida ma’ruza qildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha  Respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturlarining qabul qilinganligi yurtimizda korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilib kelayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

 Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech