11/06/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarori yuzasidan joylarda davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 11- iyun kuni Yakkabog‘ tuman statistika bo‘limi xodimlari  va Eski Yakkbog‘ MFY xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning ahamiyati to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Suhbat davomida aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar  berildi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.                  

                                                                                                                                                                         Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech