Joriy yilning 11- iyun kuni Mirishkor tuman statistika bo‘limi xodimlari va tumandagi Mirishkor mahalla faollari bilan birgalikda “Aholini ro‘yxatga olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- son qarori ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalari hamda shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar olishdi.
Matbuot xizmati