11/06/2021

 Qashqadaryo viloyati Kitob tumani statistika  bo‘limi tomonidan 2021- yilning 11- iyun kuni tumandagi Xazrati Bashir mahalla fuqarolar yig‘inida “Aholini ro‘yxatga olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Kitob tumani statistika  bo‘limi boshlig‘i G‘. Murodov so‘zga chiqib 2020-  yil 11- noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda  aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish  va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorning mazmuni va ijrosi bo‘yicha  ma’lumot berdi.

Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha Xalqaro davlatlar tajribalari va shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar ham berib o‘tildi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech