Joriy yilning 11- iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari va Qarshi tuman statistika bo‘limi mutaxassisi ishtirokida tumandagi Alisher Navoiy mahallasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning ahamiyati to‘g‘risida shakllantirilgan xarita o‘rganish ishlari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borildi.
Mutaxassislar tomonidan mahalla faollariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarori mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Matbuot xizmati