Xususan, Davlat statistika qo'mitasi «Yo'l xaritasi» da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda AKT sohasidagi statistikani takomillashtirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari, «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» direktori o'rinbosari, «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki» direktori ishtirok etdi. Tadbirda, Davlat statistika qo'mitasi tomonidan Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig'i Mirzaxidov Abdugafir boshchiligidagi Markaziy apparat boshqarma boshliqlari hamda xodimlari qatnashdi. Uchrashuvda mutaxassislar AKT infratuzilmasini rivojlantirish, AKT ishlab chiqarish sektorini rivojlantirish, AKT xizmatlari tariflari, metodologiyani takomillashtirish va AKT malumotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish masalasini muhokama qildi. Tadbir yakunida tomonlar yaqin hamkorlikni davom ettirishga va qo‘yilgan vazifalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar.