06/08/2026

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2026-yil 1-iyul holatiga Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 27 419 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 2 761 taga ko‘payib, o‘sish sur’ati 111,2 % bo‘ldi.

Qiziqarli fakt: viloyatdagi har uchta kichik korxona va mikrofirmaning deyarli bittasi savdo sohasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur yo‘nalishda 10 281 ta subyekt faoliyat yuritib, jami sonning 37,5 % ini tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Qarshi shahrida — 5 584 ta, eng yuqori o‘sish esa Ko‘kdala tumanida — 139,0 % qayd etildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech