21/07/2026

Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida viloyatda bajarilgan qurilish ishlarining eng katta qismi bino va inshootlar qurish yo‘nalishi hissasiga to‘g‘ri keldi.
Mazkur yo‘nalishda jami 4 995,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, umumiy qurilish hajmidagi ulushi 74,6 foizni tashkil etdi.
Shuningdek, ushbu yo‘nalishda qurilish ishlari hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 121,1 foizga yetib, qurilish faoliyati turlari orasida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etildi.
Bu natijalar viloyatda yangi bino va inshootlar barpo etish, mavjud obyektlarni kengaytirish hamda qurilish infratuzilmasini rivojlantirish ishlari izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech