21/07/2026

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim boshliqlari hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirokida Milliy statistika qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i V.Toxtayev hamda Viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti M.Sharipov tomonidan joriy yilning 17-iyul kunida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmon va qarorlari, shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasining korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish, davlat xaridlari, konsalting tushumlari va KPI mablag‘larini taqsimlashga oid ichki normativ hujjatlari ijrosining amalda qo‘llanilishi hamda qayd etilgan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, xodimlar o‘rtasida huquqiy-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Huquqiy-targ‘ibot tadbiri yakunida xodimlarni qiziqtirgan savollarga qayd etilgan mavzular bo‘yicha asoslantirilgan holda qonun talablari va hujjatlarning qo‘llanilish tartibi yana bir bor tushuntirilib, batafsil javoblar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech