Qarshi axborot texnologiyalari va menejment universitetida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tmagan talabalarni qamrab olish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jarayonni samarali tashkil etish maqsadida Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan universitet tyutorlari uchun elektron platforma bilan ishlash va ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Natijada mas’ul xodimlarning amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Ayni paytda tyutorlar tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tmagan talabalarni ro‘yxatga olish ishlari faol davom ettirilmoqda.
Mazkur tadbir aholining to‘liq qamrovini ta’minlash, ishonchli statistik ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni samarali rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishonchli ma’lumot — barqaror taraqqiyot kafolati!




