Joriy yilning 24-iyul kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining 2025- yil II choragi yakunlariga bagʻishlangan kengaytirilgan kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda boshqarma boshlig‘i, boshliq o‘rinbosarlari, boʻlim boshliqlari hamda hududiy statistika bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.
Yigʻilishda boshqarma boshlig‘i Tayloqov Shuxrat Ochilovich so‘zga chiqib Statistika ishlari dasturi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 27-sonli farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi hamda 2025-yilning ikkinchi choragida bajarilgan ishlar tahliliga toʻxtalib oʻtdi.
Kun tartibidagi masalalar doirasida 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va aniqlangan kamchiliklar tahliliy-tanqidiy tarzda muhokama qilindi.
Yigʻilish yakunida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va samarali bajarish uchun barcha boʻlim hamda hududiy statistika bo‘lim boshliqlaridan tashabbuskorlik va masʼuliyat talab etilishi taʼkidlandi hamda xato kamchiliklarga yul quygan xodimlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.