18/07/2025

 Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2025- yilning 1-iyul holatiga 24 837 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda.

 

 Ushbu ko‘rsatkich yil boshidan buyon 2 232 taga oshgan.

 

 Shuningdek, tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulush savdo sohasiga (38,2 %) to‘g‘ri kelmoqda.

 

Ularning sohalar kesimidagi soni quyidagicha:

 

savdo sohasida — 9 494 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida — 4 457 ta

sanoat sohasida — 2 970 ta

qurilish sohasida — 1 997 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 1 648 ta

tashish va saqlash sohasida — 770 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida — 651 ta

axborot va aloqa sohasida — 388 ta

boshqa sohalarda — 2 462 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech