08/04/2025

 Joriy yilning 8-aprel kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M. Sharipov tomonidan boshqarma hamda tizimdagi tuman va shahar statistika xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezindentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025- yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025- yil 24-fevraldagi PQ-75-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati xodimlarga tushuntirilib, batafsil ma’ruza qildi.

Shuningdek, yuqorida qayd etilgan Farmon hamda qarorning amalda qo‘llanilishi va ushbu normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi tushuntirib berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech