Joriy yilning 28-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida statistika boshqarmasi rahbariyati, OAV vakillari ishtirokida “Statistika tizimida hisobotlarning ochiqligi va shaffofligi hamda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari so‘zga chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4- martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarorining mazmun mohiyati tushunchalar berdi.
Shuningdek, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi S. Xurramov suhbat davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5655- sonli Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi OʻRQ-611-sonli “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisi”gi Qonunining mohiyati bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi.
Tadbir yakunida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Tuychiyev Xasan Kuchkarovich hamda boshqarma xodimlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.