25/11/2024

Joriy yilning 25-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

1_-photo_5341523454941323573_y_p60085

2_-25_11_24_p40344

Shuningdek, vebinarda xodimlarga tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

3_-photo_5341523454941323572_y_p99977

Vebinar yakunida Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech