Forum joriy yilning 2–4-oktabr kunlari Toshkent shahridagi “InterContinental Trilliant” mehmonxonasida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi va MDH Davlatlararo Statistika qoʻmitasi bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqda.
Forumda 150 dan ziyod qatnashchilar, jumladan, MDH Davlatlararo Statistika qoʻmitasi rahbariyati, MDH Ijroiya qoʻmitasining vakillari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika boʻlimi direktori, BMT YEIK Statistika boʻlimi direktori hamda 20 ga yaqin xorijiy davlatlar statistika idoralarining birinchi rahbarlari va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etmoqda.
Forumning asosiy maqsadi – statistika sohasida raqamli texnologiyalarni keng qoʻllash boʻyicha ilgʻor xalqaro tajriba almashish, raqamli transformatsiya sharoitida statistik jarayonlarni modernizatsiya qilish, rasmiy statistikani shakllantirish uchun muqobil maʼlumotlar manbalari, shu jumladan, katta hajmli maʼlumotlar va sunʼiy intellektdan keng foydalanish masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Axborot xizmati