Oʻzbekistonda 2024-yilning 1-aprel holatiga ko’ra jami 401 278 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:
savdo sohasida – 155 331 ta
sanoat sohasida – 61 950 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 33 583 ta
qurilish sohasida – 31 279 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 27 799 ta
tashish va saqlash sohasida – 16 972 ta
axborot va aloqa sohasida – 9 846 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 349 ta
boshqa sohalarda – 55 169 ta