Respublikamizda joriy yilning 1-dekabr holatiga koʻra, sanoat sohasida 110 164 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.
Ularning oʻsish surʻati 2022-yilning mos davriga nisbatan 105,4 %ni tashkil etgan.
Soʻnggi yillarning mos davrida ushbu sohada roʻyxatdan oʻtgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha:
2019-yilda – 73 653 ta
2020-yilda – 87 788 ta
2021-yilda – 95 517 ta
2022-yilda – 104 535 ta
2023-yilda – 110 164 ta