Prezidentimizning PF-173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida Kitob tumanida ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.
Ayni paytda Kitob tumanining olis hududlaridagi MFYlarda o‘tkazilayotgan seminarda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Tayloqov mavzu yuzasidan yig‘ilganlarga ma’lumot bermoqda.
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Tayloqov hamda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i A.Qurbonov, shuningdek, tegishli mas’ullar, mahalla “yettiligi” vakillari ishtirok etmoqda.
Mazkur seminar aholi va qishloq xoʻjaligi maʼlumotlarini toʻplash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda roʻyxatga olish tadbirlarini muvaffaqiyatli oʻtkazishga qaratilgan.