08/10/2025

Joriy yilning 8-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida huquqiy-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Qashqadaryo viloyati statistikasi boshqarmasi bosh yurstkonsulti M. Sharipov va boshqarma hamda tuman va shaharlar statistika xodimlari ishtirok etishdi.

Huquqiy-targ‘ibot tadbirida dastlab, bosh yurstkonsulti M. Sharipov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish  to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmonining  mazmun-mohiyati va ushbu farmon bilan Milliy statistika tizimiga yuklatilgan vazifalar to‘g‘risida tushuntirib, batafsil ma’ruza qildi.

Targ‘ibot tadbiri yakunida xodimlarni qiziqtirgan savollariga maruzachi tomonidan batafsil javoblar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech