09/10/2025

Prezidentimizning PF-173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida Kitob tumanida ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

 

Ayni paytda Shahrisabz tumanining olis hududlaridagi MFYlarda o‘tkazilayotgan seminarda Respublika Milliy statistika qo‘mitasi Ekologiya statistikasi bo‘limi boshlig‘i Farhod To‘rayev mavzu yuzasidan yig‘ilganlarga ma’lumot bermoqda.

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Tayloqov hamda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i A.Qurbonov, shuningdek, tegishli mas’ullar, mahalla “yettiligi” vakillari ishtirok etmoqda.

Mazkur seminar aholi va qishloq xoʻjaligi maʼlumotlarini toʻplash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda roʻyxatga olish tadbirlarini muvaffaqiyatli oʻtkazishga qaratilgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech