Joriy yilning 8-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan “Muborak gazni qayta ishlash majmuasi” MCHJda Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida barcha rahbar va xodimlariga o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ushbu tadbir davomida Qashqadaryo viloyati statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Sh. Tayloqov hamda “Muborak gazni qayta ishlash majmuasi” mutaxassislari ishtirok etdi.
Davra suhbatida dastlab, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Tayloqov so‘zga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173- sonli Farmonining mazmun mohiyati yuzasidan atroflicha tushunchalar berib o‘tdi.