So'nggi yangiliklar

Qashqadaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024- yil yanvar-oktabr oylari holatiga koʻra, 172104,3 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oyida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 19481,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Qashqadaryo viloyatida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 20,4 % ni tashkil etdi.

 Joriy yilning 16-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika  xodimlari uchun demografiya, mehnat va gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 14-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi 114-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

 Joriy yilning 14-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi tomonidan tuman (shahar) statistika xodimlari uchun Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida, Qashqadaryo viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2982,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra,  Qashqadaryo viloyatida otlarning umumiy bosh soni 36,8 mingtaga yetdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida, Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 17,9 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 13-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.